Произведение: U go'zal boshqa (Ayol)
Оцените песню: 0
Текст песни увидели: 651
Музыкант: Ozodbek Nazarbekov
Дата добавки: 2015-03-10
Длительность mp3 песни: 04:24
Uyg'onib ketaman, yarim tunmi tong,
Qarayman orzular ila yonimga.
Yonimda yotadi munis bir ayol,
Faqat u sen emas, u go'zal boshqa...
Yulduzlar miltirab, osmon yig'laydi,
Armon ko'zlarimni to'ldirar yoshga.
Oynadan qarayman, ul yor uxlaydi.
Faqat u sen emas, u go'zal boshqa...
Hovli, olam menga tuyular zindon
Urgularim kelar boshimni toshga.
Oydek hovlim uzra kezar bir ayol,
Faqat u sen emas, u go'zal boshqa...
Sho'rlik bu farishta dardim bilmaydi,
Men-da qo'lin cho'zgan bemavrud oshga.
Ne qilay yoniga kirgim kelmaydi,
Axir u sen emas, u go'zal boshqa...
Axir u sen emas, u go'zal boshqa..